Hukumat Chorvoqda qurilayotgan “Sea Breeze Uzbekistan” oldiga jiddiy shartlar qo‘ydi

Jamiyat

image

Ozarbayjonlik xonanda va ishbilarmon Emin Agalarov Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumani hududida Chorvoq suv ombori bo‘yida qurishni rejalashtirayotgan “Sea Breeze Uzbekistan” xalqaro turizm markazi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori qabul qilinishi kutilmoqda. Bu haqda Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirining maslahatchisi Rasul Kusherboyev ma’lum qildi. 

Uning so‘zlariga ko‘ra, faollar tomonidan bildirilgan e’tirozlar inobatga olinib, kompaniya oldiga qator shart va majburiyatlar qo‘yilgan. 

“Jumladan, Toshkent shahrini ichimlik suvi bilan ta’minlovchi Chorvoq suv omboriga qurilayotgan loyihalardan suv tushishi xavotir uyg‘otayotgan edi. Qo‘yilgan talablardan biri – Chorvoq va Chirchiq daryosiga suv tushirilmaydi. Investor ushbu loyiha uchun suvni qayta ishlaydigan va yana o‘ziga ishlatadigan zamonaviy tizim yaratadi, bu borada xarajatlar to‘liq investor hisobidan amalga oshiriladi”, deb yozadi Kusherboyev.

Vazir maslahatchisining qayd etishicha, hukumat qarorida agar qoidalar buzilsa va Chorvoqqa bir tomchi suv tushirilsa ham, loyiha qurilishi to‘xtatilishi hamda investitsiya shartnomasi bekor qilinib, yer olib qo‘yilishi qat’iy belgilab qo‘yilmoqda.

“Bosh prokuratura kurort hududida barcha shaharsozlik va ekologik me’yorlarga rioya etilishini alohida nazoratga oladi. Vazirlar Mahkamasi va Bosh prokuratura dastlabki loyiha yechimlaridan tortib, ob’ektlarni foydalanishga topshirishgacha bo‘lgan barcha jarayonlarning shaffofligi va qonuniyligini ta’minlashga mas’ul bo‘ladi”, deydi u.

Ma’lumot uchun, Emin Agalarov Chorvoq suv ombori bo‘yida “Sea Breeze Uzbekistan” xalqaro turizm markazi barpo etish istagini o‘tgan yili bildirgan. U jori yil 14 aprel kuni O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevga xalqaro turizm markazining master-rejasini taqdim qilgan


Maqola muallifi

Teglar

Chorvoq Emin Agalarov Sea Breeze Uzbekistan

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing