Hukumat chet eldagi migrantlarni qaytarishi kerakmi?

Jamiyat

image

O‘zbekistonda koronavirus aniqlanganidan buyon xalqaro aviatashuvlar to‘xtatilganiga qaramay Rossiya, Turkiya, BAA, Qozog‘iston kabi mamlakatlardan minglab migrantlar olib kelindi. Afsuski, ularning ko‘pchiligida koronavirus infeksiyasi aniqlandi. 

Bugun jamoatchilikni qiziqtirayotgan savol bor: Hukumat o‘zbekistonlik migrantlarini olib kelish bo‘yicha ishlarni davom ettiradimi? Bugungi vaziyat nimani taqozo etmoqda? Ushbu savollar bilan QALAMPIR.UZ Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Akmal Burxonovga yuzlandi. 

“Insonparvarlik jihatidan, davlat sifatida men olib kelish tarafdoriman. U – O‘zbekiston fuqarosi, bundan voz kechib bo‘lmaydi. Boshqa davlatlar olib kelgani yo‘q, chegaralarini yopib qo‘ydi. O‘zbekiston hozirgacha olib kelganini esa men qoralamayman. Imkon bo‘lsa, qolganlarini ham olib kelish kerak. Lekin, hozir vaziyat shundayki, agar davlatimiz 100 foiz xavfsiz bo‘lganda edi, men hammasini olib kelish tarafdori bo‘lardim. Hozir bizdagi holat boshqa davlatlarda ham mavjud va dolzarb bo‘lib turibdi. 

Biz olib kelmaganimizda ham ular boshqa yo‘llarni topib kirardi. Baribir kasallik tarqalishi mumkin edi, buni inkor qilib bo‘lmaydi. Chunki chegaralarini 100 foiz yopgan mamlakatlarda ham kasallanganlar oshayotganini ko‘rishimiz mumkin. Bizda chet eldan olib kelinganlar bilan kasallanganlar sonini bog‘lash – noto‘g‘ri. 

Shuning uchun olib kelmaslik kerak edi, ular sabab kasallik tarqaldi deyish ham bemorlarga, ham olib kelinganlarga nisbatan adolatsizlik bo‘ladi. Chunki ular ham pul topish dardi bilan borgan. Hatto, jamoat ishi, davlat ishi bilan borib yuqtirganlar ham bor. Ular orasida shifokorlar ham bor. Hozir buni muhokama qilish noto‘g‘ri deb o‘ylayman”, deydi Burxonov.

Ushbu videointervyuni yuqoridagi videopleyerda va YouTube’dagi sahifamizda tomosha qilishingiz mumkin. 


Maqola muallifi

Teglar

migrantlar

Baholaganlar

423

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing