Hukumat bojxonaga oid qarorni imzoladi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston bojxona hududiga olib kiriladigan tovarlar va transport vositalarini rasmiylashtirishda bojxona tartibotlarini takomillashtirish to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.  

Qarorga ko‘ra:

•    vakolatli organlar tomonidan belgilangan tartibda beriladigan muvofiqlik sertifikati, sanitariya-epidemiologiya xulosasi, ekologik sertifikat mavjud bo‘lish talab etiladigan tovarlarni “Yagona oyna” bojxona axborot tizimida ularning berilishi tasdiqlangan taqdirda, O‘zbekiston hududiga import qilishga ruxsat beriladi;

•    avval dastlabki bojxona deklaratsiyasi taqdim etilgan tovarlarni erkin muomalaga chiqarish bojxona yuk deklaratsiyasi ro‘yxatdan o‘tkazilgan paytdan boshlab uch soat ichida amalga oshiriladi, bunda xavflarni boshqarishning avtomatlashtirilgan tizimi tomonidan xavf aniqlangan holatlar bundan mustasno.

Mazkur qaror 2020 yil 3 apreldan kuchga kiradi.
 


Maqola muallifi

Teglar

Vazirlar Mahkamasi qarori

Baholaganlar

54

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing