Hududlarda tayyor palov narxi qancha turishi o‘rganildi

Jamiyat

image

O‘zbekistonda eng qimmat osh Toshkent shahri, Buxoro va Qashqadaryo viloyatlarida sotilyapti. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi ma’lum qildi.

Qo‘mita respublika bo‘ylab osh markazlarida kuzatuv o‘tkazib, palovning iyul oyidagi o‘rtacha narxlarini e’lon qildi.

Kuzatuv natijalari bo‘yicha, palovning o‘rtacha narxlari quyidagi ko‘rinishga ega bo‘ldi:

1. Qoraqalpog‘iston Respublikasida 1 porsiya palovning narxi 13 333 so‘m bo‘lsa, 1 kg osh esa, 93 331 so‘mni tashkil qilgan.

2. Andijon viloyatida 1 porsiya oshning narxi 14 800 so‘mdan sotilgan bo‘lsa, 1 kg palovning narxi 103 600 so‘mdan sotilgan.

3. Buxoro viloyatida 1 porsiya palovning narxi 16 333 so‘m bo‘lsa,1 kg oshning narxi esa 114 331 so‘mni ko‘rsatmoqda.

4. Jizzax viloyatida 1 porsiya oshning narxi 15 333 so‘m,1 kg palov esa 107 331 so‘mdan sotilgan.

5. Qashqadaryo viloyatida 1 porsiya palovning narxi 16 250 so‘m,1 kg oshning narxi esa 113 750 so‘mni ko‘rsatgan.

6. Navoiy viloyatida 1 porsiya oshning narxi 13 000 so‘m bo‘lsa,1 kg palov esa 91 000 so‘mni ko‘rsatmoqda.

7. Namangan viloyatida 1 porsiya palovning narxi 11 571 so‘m, 1 kg palovning narxi 80 997 so‘mda sotilgan.

8. Samarqand viloyatida 1 porsiya oshning narxi 16 000 so‘m,1 kg. palovning narxi esa 112 000 so‘mni ko‘rsatmoqda.

9. Surxondaryo viloyatida 1 porsiya osh 11 800 so‘mdan, 1 kg. palov palov esa 82 600 so‘mdan sotilgan.

10. Sirdaryo viloyatida 1 porsiya palovning narxi 14 667 so‘m bo‘lsa,1 kg. osh esa 102 669 so‘mni ko‘rsatmoqda.

11. Toshkent viloyatida 1 porsiya oshning narxi 14 500 so‘m,1 kg palovning narxining esa 101 500 so‘mni ko‘rsatgan.

12.  Farg‘ona viloyatida 1 porsiya palovning narxi 15 250 so‘m bo‘lsa,1 kg osh esa 106 750 so‘mni ko‘rsatmoqda.

13. Xorazm viloyatida 1 porsiya palovning narxi 14 400 so‘m, 1 kg palov esa 100 800 so‘m qayd yetilgan.

14. Toshkent shahrida esa 1 porsiya palovning narxi 16 600 so‘m bo‘lsa, 1 kg palov palovning narxi 116 200 so‘mni tashkil qilgan.

Qo‘mita xabariga qo‘ra, narxlarni ro‘yxatga oluvchi tomonidan kuzatuv o‘tkazilgan kun va vaqtdagi narx-navo qayd etilib, bunda vaqt va joyiga qarab narxlar o‘zgarib turadi. Mazkur ma’lumotlarning shakllanishi jarayonida faqatgina tanlab olingan umumiy ovqatlanish muassasalari (Osh markazlari)dagi palovning o‘rtacha narxlari hisobga olingan bo‘lib, restoran va choyxonalardagi narxlar inobatga olinmagan.


Maqola muallifi

Teglar

statistika palov

Baholaganlar

215

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing