Hudud rahbarlari muhtoj oilalarga pul va oziq-ovqat berish bilan cheklanib qolgan – Mirziyoyev

Jamiyat

image

O‘zbekitson Prezidenti Shavkat Mirziyoyev hudud rahbarlari ijtimoiy sohada muhtoj oilalar bilan manzilli ishlamay, pul va oziq-ovqat berish, maishiy texnika sovg‘a qilish bilan cheklanib kelganini tanqid qildi. Bu haqda u bugun, 20 fevral kuni o‘zining raisligida bo‘lib o‘tayotgan ijtimoiy himoya sohasidagi xizmatlar qamrovini yanada kengaytirish bo‘yicha ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishida so‘z ochdi.

Ma’lumki, o‘tgan yil iyun oyida Ijtimoiy himoya milliy agentligi tashkil etilgan edi. O‘tgan davrda 10 dan ortiq davlatning tajribasi va ijtimoiy xizmat bo‘yicha mutaxassis-ekspertlar bilan hamkorlikda sohaning ahvoli o‘rganilgan.  

Tahlil va o‘rganishlar shuni ko‘rsatganki, odamlar tashvishini ichiga kirmagan, o‘zidan o‘tkazmagan eski tizim tubdan o‘zgarishi kerak va bu murakkab, kompleks jarayon.

Davlat rahbari sohadagi ba’zi kamchiliklarni sanar ekan, 20 dan ziyod idoraning ijtimoiy himoya borasidagi faoliyati hujjatlarda puxta o‘ylanmasdan, betartib belgilanganini ko‘rsatib o‘tdi.   

Qayd etilishicha, eski ijtimoiy himoya tizimida odamlarga umid berish, hayotini yaxshilashi, band bo‘lishiga ko‘maklashish eng oxirgi o‘ringa tushib qolgan.

Prezident bu sohada umumiy yondashuv o‘zini oqlamagani, har bir oila va inson taqdiriga alohida professional yondashish lozimligini qayd etib, ustuvor yo‘nalishlarni belgilab bergan.

Ijtimoiy xizmat va yordamni mahalla darajasida manzilli, shaffof va adolatli tashkil etish zarurligi ta’kidlangan. 

Kam ta’minlangan oilalarni aniqlash mezonlarini ishlab chiqish, tizimni shaffof qilish hisobiga doimiy daromadga ega oilalar ehtiyojmand toifasidan chiqarilgani ta’kidlandi.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev O'zbekitson ijtimoiy soha

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made