Hozircha Ergashevga qarshi jangni tashkillashtirib bo‘lmaydi – G‘iyosov

Sport

image

Havaskor boks bo‘yicha Jahon chempioni, bugungi kunda profboksda faoliyat yuritayotgan Shahram G‘iyosov o‘zbekistonlik yana bir bokschi Shohjahon Ergashev bilan ehtimoliy jang bo‘yicha fikr bildirdi. Bu haqda sportchi QALAMPIR.UZ'ga bergan intervyusida aytib o‘tdi.

G‘iyosovning ta’kidlashicha, hozirda Ergashev bilan jang o‘tkazishning umuman iloji yo‘q.

“Men bu bo‘yicha hech qanday piar qilmoqchi emasman. Menga bu jang foyda keltirmaydi. U piarni boshlaganidan keyin men o‘zim ahmoqlik qilib javob berib qo‘yganman. Shohjahonning piarlariga boshqa javob qaytarmayman. Meni jang qilishim faqat o‘zimga bog‘liq emas. Ayni vaqtda kamarlar uchun kurashyapman. Hozircha bu jangni tashkillashtirib bo‘lmaydi”, deydi G‘iyosov.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Shahram G‘iyosov navbatdagi jangi qachon o‘tkazilishini ma’lum qilgandi.

Shahram G‘iyosov bilan videointervyuni QALAMPIR.UZ’ning YouTube’dagi sahifasida tomosha qilishingiz mumkin.


Maqola muallifi

Teglar

Shohjahon Ergashev Shahram G'iyosov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing