“Hozir so‘yib tashlayman”. Qarzdor fuqaro suv ta’minoti xodimiga tahdid qildi (video)
3-sahifa
−
04 Oktabr 2023
10245Toshkent shahrida qarzdor fuqaro suv ta’minoti xodimiga so‘yib tashlash bilan tahdid qildi. Bu haqda “O‘zsuvta’minot” aksiyadorlik jamiyati axborot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, Toshkent shahrida debitor qarzdorlikni qisqartirishga qaratilgan hamkor tashkilotlar ishtirokidagi reyd tadbirlari o‘tkazilgan.
“O‘zsuvta’minot” matbuot xizmatiga ko‘ra, iste’molchilarning qarzdorligi yuqori bo‘lishiga qaramasdan suv ta’minoti korxonasi xodimlariga faol qarshilik ko‘rsatgan. Ushbu holat quyidagi videoda ham aniq tasvirlangan.
Hozirda mazkur iste’molchilar xatti-harakatlariga tegishli huquq-tartibot idoralari tomonidan huquqiy baho berilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Buxoro viloyati G‘ijduvon tumanida qarzdor fuqaro Majburiy ijro byurosi (MIB) xodimini kaltaklab, xizmat mashinasiga o‘t qo‘yib yuborgan edi.
Holat yuzasidan joriy yilning 14 sentyabr kuni Jinoyat kodeksining 140-moddasi (Haqorat qilish) 3-qismi “a” bandi, 173-moddasi (Mulkni qasddan nobud qilish yoki unga zarar yetkazish) 3-qismi “a” bandi va 219-moddasi (Hokimiyat vakiliga yoki fuqaroviy burchini bajarayotgan shaxsga qarshilik ko‘rsatish) 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, fuqaro M.F.ga nisbatan “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.