Hozir diplom mutlaqo kerak emas – Shavkat Mirziyoyev

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

O‘zbekistonda bolalarga sifatli bilim berish uchun diplom kerak emas. Bu haqda O‘zLiDePdan prezidentlikka nomzod Shavkat Mirziyoyev surxondaryolik saylovchilar bilan uchrashuv chog‘ida aytib o‘tdi.

Shavkat Mirziyoyevning ta’kidlashicha, 25 yil ichida ta’lim, tibbiyot sohasida hech qanday rivojlanish, o‘zgarish bo‘lmagan. 

“Islohotlarga 5 yil bo‘ldi. Birorta muallim, birorta shifokor turib aytsin, “25 yilda menga nima manfaat keltirdi? deb aytsin, men ulardan kechirim so‘rayman agar bu noto‘g‘ri bo‘lsa”, deydi amaldagi davlat rahbari. 

Shuningdek, Shavkat Mirziyoyev Andijonda professorlar bilan uchrashganini eslab o‘tdi. 

“Xirurgiya kafedrasi mudiri menga aytyapti “janob Prezident 3 yil oldin 1 million 200 ming so‘m oylik olardim, hozir men 20 million olyapman. Men o‘zimni olim, deb sezyapman, olim” deydi. Endi bolalarimizga sifatli ta’lim berish uchun diplom kerak emas, hozir diplom mutlaqo kerak emas. Kasb kerak! Bilim kerak! Surxondaryoga kerak bo‘lgan yo‘nalishlar kerak”, deya ta’kidladi Shavkat Mirziyoyev.


Maqola muallifi

Teglar

Prezident

Baholaganlar

1063

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing