Hozir hamma yo‘llar sudga olib boradi – Oliy sud raisi

Jamiyat

image

Oliy sud raisi joriy yil nechta hokimning qarori bekor qilinganligi bo‘yicha raqamlar taqdim etdi. Shuningdek, jinoyat va jinoyat-protsessual kodekslarini ishlab chiqish nega kechikkanligini izohladi. 

“Biz sohalar bo‘yicha jurnalistlarni muloqotga chaqiryapmiz. Afsuski, jurnalistlar o‘rtasida soha bo‘yicha mutaxassisning o‘zi yo‘q. Yanvar oyidan biz jurnalistlar bilan alohida mavzular bo‘yicha uchrashamiz. Eskidan bir gap bor – “Hamma yo‘llar Rimga olib boradi”. Hozir hamma yo‘llar sudga olib bormoqda. Demak, suddan ochiq biror tashkilot bormi? Lekin ochiqlikning me’yori bor. Ma’lum ishlar borki, ularga hech kim kira olmaydi. Masalan, advokatga hech qanday cheklovlar yo‘q. Qaysi davlatga bunchalik imkoniyat berilgan”, deydi Kozimjon Komilov. 

Mahkama rahbari shuningdek ma’muriy sudlar va tugatilmagan yangi tahrirdagi kodekslar bo‘yicha ham to‘xtalib o‘tdi.

“Bizda ma’muriy sudlar ochildi. Fuqarolar va davlat tashkilotlari o‘rtasidagi munosabatlar qachon alohida sudlarda ko‘rilgan edi. Bittasi iqtisodiy sudda, bittasi fuqarolik sudida bo‘lardi. O‘tgan yili 600 ta, bu yilning o‘zida 1013 ta hokimlarning qarorlari haqiqiy emas deb topilgan. Bu o‘rtacha muhtaram hokimlarimizga 4,7 tadan to‘g‘ri keladi. Hali yil tugagani yo‘q. Mustaqillik deganda nimani tushunasiz? 

Jinoyat va jinoyat-protsessual kodekslarini tugata olmadik. Nima uchun? Chunki ko‘p masalalar chiqdi. Bizda 65 foiz sudyalar birinchi yil ishlayotgan sudyalardir. Birdan 2017 yildan hamma sudya bo‘lib ketdi”,  deydi Oliy sud raisi. 

Eslatib o‘tamiz, bugun  poytaxtimizda joylashgan “Zarafshon” zali Media hall’ida  "Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini ta’minlash – xalq farovonligi va davlat taraqqiyotining kafolati" mavzusida munozara klubi bo‘lib o‘tdi.  


Maqola muallifi

Teglar

Oliy sud Kozimjon Komilov

Baholaganlar

45

Reyting

4.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing