Hokimlik lavozimi uchun 80 ming dollar pora olayotganlar qo‘lga tushdi (video)

3-sahifa

image

Farg‘ona viloyati Uchko‘prik tuman hokimi lavozimiga tayinlash evaziga 80 ming AQSH dollari talab qilgan shaxslar qo‘lga olindi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi Matbuot xizmati xabar berdi.

Unda aytilishicha, joriy yilning 18 may kuni Ichki ishlar vazirligiga Farg‘ona viloyati Uchko‘prik tumanida yashovchi fuqaro tomonidan ariza kelib tushgan. Arizaga ko‘ra, 2023 yilning aprel oyida o‘zini Prezident Adminstratsiyasi xodimi sifatida tanishtirgan shaxs va sherigi unga Farg‘ona viloyati Uchko‘prik va Beshariq tumanlarining hokimlari referendum o‘tganidan so‘ng lavozimlaridan ozod etilishini ma’lum qilgan.

Shuningdek, ularning o‘rniga nomzod qidirib yurganliklari, Uchko‘prik tumani hokimi lavozimiga tayinlashni hal qilib berishi evaziga 80 ming AQSH dollari, shundan hujjatlarni hal qilib berish uchun avvaldan 25 ming AQSH dollarini talab qilayotganini ham aytib o‘tgan.

O‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbiri davomida Mirobod tumanida ikki nafar shaxs ariza muallifidan talab etilgan 25 ming AQSH dollarini bo‘nak sifatida olayotgan paytida ashyoviy dalillar bilan ushlangan. Shuningdek, ularning yonidan bir nechta fuqolarning rahbarlik lavozimiga tayinlanishini so‘rab, Prezident Adminstrasiyasi nomiga yozilgan ariza va ilova hujjatlar tekshirib ko‘rish uchun olingan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi "a" bandi, 211- moddasi 3-qismi "a" bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, har ikki gumonlanuvchi Jinoyat protsessual kodeksining 221-moddasi bilan qamoqqa olingan.

Nurmuhammad Fayzullayev


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

pora hokimlik lavozimi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing