Hokimlarning yerni olib qo‘yish bo‘yicha vakolatlari qisqardi

Jamiyat 7629
image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan “Mulkdorlar huquqlari va qonuniy manfaatlarining kafolatlari yanada kuchaytirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonun imzolandi.

Uga muvofiq, mulkdorlar huquqlari va qonuniy manfaatlarining kafolatlari yanada kuchaytirilishi munosabati bilan 2 ta qonun va 1 ta kodeksga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilgan.

“Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi Qonunga kiritilgan o‘zgartishga ko‘ra, endilikda viloyat, tuman, shahar hokimi qonunda nazarda tutilgan hollarda korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, dehqon xo‘jaliklari va fuqarolarga egalik qilish, foydalanish uchun va ijaraga yer berishga, ushbu sub’ektlarning yerga egalik qilish va undan foydalanishga bo‘lgan huquqini bekor qilishga haqli ekanligi belgilangan (ilgari hokimlar bu sub’ektlarning yerga egalik qilish va yerdan foydalanish huquqini to‘xtatib qo‘yishga ham haqli bo‘lgan).

Qonun bilan Yer kodeksiga ham mulkdorlarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini ta’minlashga qaratilgan bir qator o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilgan. Xususan, kodeksdan Vazirlar Mahkamasining viloyatlar, Toshkent shahar va tuman (shahar) davlat hokimiyati organlarining yer uchastkalariga bo‘lgan mulk huquqini belgilangan tartibda bekor qilish hamda yerlarni olib qo‘yish bilan bog‘liq vakolatlari chiqarilgan.

Shuningdek, ushbu kodeksga kiritilgan o‘zgartishga ko‘ra, yer uchastkasiga egalik qilish huquqini yoki yer uchastkasidan doimiy yoxud vaqtincha foydalanish huquqini tugatishning sud tartibida amalga oshirilishi holatlari belgilab qo‘yilgan (ilgari yer uchastkasiga egalik qilish yoki yer uchastkasidan foydalanish huquqini tugatish barcha holatlarda hokimlarning qarorlari yoki Vazirlar Mahkamasining qarori bilan amalga oshirilgan).

Qonun bilan  “Xususiy mulkni himoya qilish va mulkdorlar huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonunga:

  • davlat organining mulkdorning mol-mulkini bevosita olib qo‘yishga qaratilmagan qarori, shu jumladan, yer uchastkasini olib qo‘yish to‘g‘risidagi qarori munosabati bilan mulk huquqining bekor qilinishi mulkdorning roziligi bilan qonunda belgilangan tartibda amalga oshirilishi; 
  • Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining, viloyatlar va Toshkent shahar yoki tuman (shahar) hokimlarining olib qo‘yilayotgan yer uchastkasida joylashgan ko‘chmas mulk ob’ektlarini buzib tashlash to‘g‘risidagi qarori faqat adliya organlarining ijobiy xulosasi mavjud bo‘lganda qabul qilinishi;
  • mol-mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish natijalarining qayta ko‘rib chiqilishiga hamda bekor qilinishiga yo‘l qo‘yilmasligiga oid qoidalar kiritildi.

Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.

Umidjon Nozimjonov
Maqolaga baho bering
Baholaganlar: 178
Reyting: 3.1
Teglar
t
×