Hokimlarning yer ajratish to‘g‘risdiagi qarorlari xatlovdan o‘tkaziladi

Jamiyat

−

image

Mahalliy vakillik va ijroiya hokimiyati organlarining yer uchastkalari berish haqidagi qarorlari yillar kesimida xatlovdan o‘tkaziladi. Bu haqda O‘zbekiston Prezidentining “Yer uchastkalaridan foydalanishda davlat nazorati samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida belgilangan.

Yer uchastkalari berish haqidagi qarorlari quyidagi grafik asosida xatlovdan o‘tkaziladi:

  • 2022 yil 1 maygacha – 2016–2021 yillarda qabul qilingan qarorlar;
  • 2022 yil 1 avgustgacha – 2006–2015 yillarda qabul qilingan qarorlar;
  • 2023 yil 1 yanvargacha – 2006 yilgacha qabul qilingan qarorlar.

Qarorga ko‘ra:

  • Qishloq xo‘jaligi vazirligi ekin yerlaridan oqilona va samarali foydalanilishi, rejadagi ekinlarning ekilishi va parvarishlanishi ahvoli bo‘yicha har chorakda kamida bir marotaba monitoring o‘tkazadi;
  • Kadastr agentligi barcha turdagi yer uchastkalari hamda bino-inshootlarga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazmaslik holatlarini aniqlash, yer uchastkalarining o‘zboshimchalik bilan egallab olinishiga va chegaralarini o‘zboshimchalik bilan o‘zgartirishga yo‘l qo‘ymaslik choralarini ko‘radi.

Avvalroq Bosh prokuraturada Yer resurslari talon-toroj qilinishining oldini olish boshqarmasi tashkil etilgani haqida xabar bergan edik.


Maqola muallifi

Teglar

er

Baholaganlar

296

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing