Hokimlarning boshqa davlat organlarida mavjud 70 ta funksiyasi aniqlandi

Jamiyat

image

O‘zbekistonda hokimlar boshqa davlat organlarida mavjud bo‘lgan 70 ta funksiyana takrorlaydi. Bu haqda davlat va jamiyat qurilishi tizimini takomillashtirishning muhim yo‘nalishlari bo‘yicha o‘tkazilgan matbuot anjumanida ma’lum qilindi.

Adliya vazirligi huzuridagi Huquqiy siyosat tadqiqot instituti direktori A’zam Madaminovning ta’kidlashicha, vazirlik tomonidan hokimiyatlar faoliyatiga xos bo‘lmagan funksiyalarni chiqarib tashlash maqsadida tahlil o‘tkazilgan.

“Hokimlarning boshqa davlat organlari funksiyalarini takrorlovchi 70 ta funksiyasi ro‘yxati shakllantirilib, bularni bekor qilish yoki qo‘shib yuborish taklifi bilan yuqori turuvchi tashkilotlarga taqdim etildi”, deydi A’zam Madaminov.

Uning ta’kidlashicha, "Mahalliy davlat hokimiyati organlari to‘g‘risida"gi qonun yangi tahrirda ishlab chiqilgan. Loyihada hokimlarning asosiy faoliyat yo‘nalishlari, ularning faoliyatini baholash tartibi, boshqa dalvat organlari va hokimliklar o‘rtasida hamkorlik masalalari bo‘yicha yangi normalar kiritilgan. 


Maqola muallifi

Teglar

hokim

Baholaganlar

151

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing