Hokimlar ishi qoniqarsiz. Prezident ekologiya sohasidagi muammolarni sanadi

Jamiyat

image

Bugun, 24 avgust kuni O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida ekologiya va atrof-muhit muhofazasiga bag‘ishlab o‘tkazilayotgan yig‘ilishda sohadagi muammolar ko‘rsatib o‘tildi.

Bu yo‘nalishga mas’ul bo‘lgan Ekologiya qo‘mitasi, boshqa idoralar va mahalliy hokimliklarning tashabbus va amaliy ishlari ko‘rinmayotgani tanqid qilindi.

Qayd etilishicha, so‘nggi 4 yilda sanoat korxonalari 2 baravarga ortib, shaharlarda chang-gaz miqdori me’yordan 4 baravar oshgan. Atmosferaga tashlanmalarning 90 foizi Toshkent, Samarqand, Farg‘ona, Andijon, Namangan, Qo‘qon, Navoiy, Buxoro, Chirchiq, Angren, Olmaliq, Bekobod, Guliston va Nukus shaharlariga to‘g‘ri keladi.

Yer usti va osti suv sathining keskin pasayishi ham ekologik vaziyatga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda.

“Hududlarda maishiy chiqindilarni xususiy sheriklik asosida boshqarish bo‘yicha reja qilingan 62 ta loyihadan bor-yo‘g‘i 15 tasiga tadbirkor jalb qilingan. Bu borada Buxoro, Namangan, Farg‘onadan tashqari boshqa birorta hududda ishlar yakuniga yetkazilmagan”, deya ta’kidladi Prezident.

Yig‘ilishda oktyabr-noyabr oylarida 55 million dona, kelgusi yil bahor mavsumida avtomobil yo‘llari, dala chetlari, barcha aholi maskanlarida 70 million dona tut, pavlovniya, mevali va manzarali daraxtlar, shuningdek tez o‘suvchi va boshqa ko‘chatlarni ekish vazifasi qo‘yildi.

Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahri tumanlari, viloyat markazlari va yirik shaharlarda daraxtlar va ekinlar mahalliy iqlimni inobatga olmasdan, pala-partish ekilayotgani bois kundan-kunga qurib borayotgani, tuman hokimlari obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlarini o‘z holiga tashlab qo‘ygani, shahar ko‘chalari chiqindiga to‘lib ketgani bilan hech kimning ishi yo‘qligini qattiq tanqid qildi.

Har bir mahallaga daraxtlarni parvarishlash uchun Jamoat ishlari jamg‘armasi hisobidan 1 nafardan ishchi biriktirilishi belgilandi.

Tuman va shahar obodonlashtirish bo‘limlariga ajratilayotgan 10 mingta shtat doirasida har bir tuman (shahar) hududidan kelib chiqib 5 ta ishchidan iborat daraxtlarni saqlash bo‘yicha guruhlar tashkil etiladi.


Maqola muallifi

Teglar

ekologiya

Baholaganlar

100

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing