Hokimiyat vakiliga qarshilik ko‘rsatganlik uchun jarima oshirilmoqda

Jamiyat

image

Kecha, 28 iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasidagi Liberal demokratik partiyasi fraksiyasining navbatdagi yig‘ilishida “O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksiga hamda O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga o‘zgartishlar kiritish haqida”gi qonun loyihasining muhokamasi bo‘lib o‘tdi.

Loyihaga ko‘ra, Jinoyat kodeksining 219-moddasi 1-qismi sanksiyasidagi jazo choralari kuchaytirilmoqda.

Amaldagi qonunchilikda, xizmat vazifasini bajarayotgan hokimiyat vakilining qonuniy faoliyatiga yoki fuqaroviy burchini bajarayotgan shaxsga faol qarshilik ko‘rsatish — BHMning 50 baravarigacha miqdorda jarima yoki 360 soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki bir yilgacha ozodlikni cheklash yoki bir yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Endi jarima miqdori BHMning 50 baravaridan 100 baravarigacha oshirilib, bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash jazo chorasi kiritilmoqda va ozodlikdan mahrum qilish jazosi bir yildan uch yilgacha kuchaytirilishi ko‘zda tutilmoqda.

Deputatlarga ko‘ra, javobgarlikni belgilash orqali hokimiyat vakillarining huquqiy himoyasi ta’minlanadi.


Maqola muallifi

Teglar

jarima

Baholaganlar

99

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing