Hokim yordamchisi Oltinko‘lga hokim bo‘ldi

Jamiyat

image

Xalq deputatlari Oltinko‘l tuman Kengashining navbatdan tashqari sessiyasida tuman hokimi vazifasini bajaruvchi etib Mahamadmuso Oripjonovich Obidov tayinlandi. Bu haqda Andijon viloyati hokimligi Matbuot xizmati xabar berdi.

Mahamadmuso Oripjonovich Obidov 1984 yilda Andijon viloyatining Marhamat tumanida tug‘ilgan. 2005 yilda Andijon muhandislik iqtisodiyot institutini tamomlagan. 

Mehnat faoliyatini 2005 yili “O‘zsanoatqurilishbank” Bunyodkor filialida pul muomalasi va naqd pul mablag‘larini berilishini monitoring qilish bo‘yicha maxsus sho‘’basi 1-toifali mutaxassisi, yetakchi mutaxassisi vazifasidan boshlagan.

Tayinlovga qadar Mahamadmuso Oripjonovich Obidov Qo‘rg‘ontepa tumani “Chorvador” mahalla fuqarolari yig‘ini tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha hokim yordamchisi vazifasida faoliyat yuritgan.


Maqola muallifi

Teglar

tayinlov

Baholaganlar

208

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing