Hokim yordamchilari qancha maosh olishi aniq bo‘ldi

Jamiyat

image

Hokim yordamchilarining oylik ish haqi miqdori ular biriktirilgan mahalladagi xonadonlar soniga mutanosib ravishda hisoblanadi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlari to‘g‘risida”gi qarorida belgilandi.

Hokim yordamchilarining maoshi quyidagicha belgilanadi:

•    xonadonlar soni 500 tagacha bo‘lgan mahallada – mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 6 baravari miqdorida (4 mln 932 ming so‘m);

•    xonadonlar soni 501 tadan 1 000 tagacha bo‘lgan mahallada – mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 6,5 baravari miqdorida (5 mln 343 ming so‘m);

•    xonadonlar soni 1 000 tadan ortiq bo‘lgan mahallada – mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 7 baravari miqdorida (5 mln 754 ming so‘m).

Qarorga ko‘ra, hokim yordamchilariga to‘lanadigan o‘rtacha oylik ish haqi miqdori nomzodning ushbu lavozimga ishga qabul qilingunga qadar avvalgi ish joyi bo‘yicha o‘rtacha oylik ish haqi miqdoridan kam bo‘lgan taqdirda yetishmagan qismi Hokim yordamchilari faoliyatini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi hisobidan kompensatsiya qilib boriladi.

Shuningdek, markazlar xodimlariga tuman (shahar) iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish bo‘limlari xodimlari uchun belgilangan va Davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladigan mehnatga haq to‘lash shartlari tatbiq etiladi.


Maqola muallifi

Teglar

hokim yordamchisi

Baholaganlar

1027

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing