Hokim Qashqadaryo XTBga boshliq etib tayinlandi
Jamiyat
−
25 Noyabr 2020 14027 1 daqiqa
Qashqadaryo viloyati Xalq ta’limi boshqarmasiga yangi rahbar tayinlandi. Bu haqda viloyat hokimligi xabar berdi.
To‘lqin Tursunovich Karimov Qashqadaryo viloyati Xalq ta’limi boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.
To‘lqin Karimov 1973 yil Shahrisabz shahrida tug‘ilgan. Toshkent moliya institutida tahsil olgan. U 2018 yildan buyon Shahrisabz shahar hokimi lavozimida ishlab kelayotgan edi.
Avvalroq, Qashqadaryo viloyat Sog‘liqni saqlash boshqarmasiga yangi rahbar tayinlangani haqida xabar bergan edik.
Live
BarchasiOzon teshigi rekord darajada kengaydi
06 Noyabr