“Hizbulloh”ning yangi rahbari kimligi e’lon qilindi
Olam
−
29 Oktabr 2024 5627 1 daqiqa
Bugun, 29 oktyabr kuni “Hizbulloh” harakatining sobiq rahbari Hasan Nasrulloh o‘rnini Naim Qosim egallagani e’lon qilindi. Bu haqda harakat matbuot xizmatiga tayanib, “Al Jazeera” xabar berdi.
Qayd etilishicha, “Hizbulloh” Naim Qosimni harakat tamoyillari va maqsadlariga sodiqligi tufayli bu lavozimga saylanganini ma’lum qilgan.
Ma’lumot uchun, 71 yoshli Qosim “Hizbulloh” ichida “ikkinchi raqam” deb atalgan. U 1980 yillar boshida guruhga asos solgan diniy ulamolardan biri hisoblanadi. Qosim Bayrut universitetini tamomlagan va asosan ta’lim masalalari bilan shug‘ullanib kelgan. 1991 yildan esa harakat rahbari o‘rinbosari lavozimida bo‘lgan.
Eslatib o‘tamiz, sentyabr oyida “Hizbulloh” sobiq yetakchisi Hasan Nasrulloh Isroilning Bayrutning janubiy chekkasida uyushtirgan havo hujumida halok bo‘lgan edi. Shundan so‘ng, bir qator OAV guruhning Sho‘ro kengashi (asosiy boshqaruv organi) Hoshim Safi ad-Dinni tashkilotning yangi bosh kotibi etib saylanganini e’lon qilgan. Biroq “Hizbulloh”ning o‘zi bu xabarlarni rad etgan. Oktyabr oyida esa Isroil Nasrullohning ehtimoliy vorisi Hoshim Safi ad-Din o‘ldirilganini tasdiqladi.
Live
Barchasi