“Hizbulloh” Netanyaxu uyiga qilingan hujum uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga oldi

Olam

image

Livanning “Hizbulloh” harakati Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxuning uyiga 19 oktyabrda uyushtirilgan hujum uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga oldi. Bu haqda tashkilot axborot xizmati rahbari Muhammad Afif Bayrutdagi matbuot anjumanida ma’lum qildi.

“Islomiy qarshilik Kesariyadagi operatsiya va harbiy jinoyatchi Netanyaxu uyiga qilingan hujum uchun to‘liq va eksklyuziv javobgarlikni o‘z zimmasiga oladi”, deb ta’kidladi Afif.

Uning qo‘shimcha qilishicha, Isroil Bosh vaziriga suiqasd muvaffaqiyatsizlikka uchraganiga qaramay, “Hizbulloh” bu bilan to‘xtab qolmaydi.
Afif, shuningdek, harakat “potensialining salmoqli qismini” qaytarib olgani va yahudiy davlatining shimoliy va markaziy qismidagi hududlarga hujumlarni kuchaytirish niyatida ekanligiga ishontirdi.

Netanyaxu esa avvalroq “Eron agentlari”ni 19 oktyabr kuni Kesariya shahri yaqinida uchuvchisiz samolyot hujumi chog‘ida rafiqasi bilan birga o‘ldirishga uringanlikda ayblagan va bu Isroilni “Hizbulloh” va HAMASga qarshi harbiy amaliyotlarni davom ettirishdan voz kechishga majbur qilmasligini aytgan edi. 

O‘z navbatida, Isroil Vazirlar Mahkamasi rahbari idorasining maslahatchisi Dmitriy Gendelman dron Netanyaxuning uyi tomon uchirilganini tushuntirdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, ҳодисада qurbonlar bo‘lmagan, hujum vaqtida “Bosh vazirning o‘zi va uning rafiqasi uyda bo‘lmagan”.


Maqola muallifi

Teglar

Isroil Bin'yamin Netan'yaxu Hizbulloh

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing