“Hizbulloh” Isroilga qarata 50 ga yaqin raketa otdi

Olam

image

23 martdan 24 martga o‘tar kechasi Livandan Isroil shimoliga 50 ga yaqin raketa uchirildi. Bu haqda bugun, 24 mart kuni Isroil mudofaa kuchlari matbuot xizmati bayonot berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, bir nechta snaryadlar mudofaa tizimi tomonidan yo‘q qilingan, qolganlari ochiq maydonlarga tushgan. Qurbonlar va vayronalar yo‘q.

“Bir muncha vaqt oldin Livandan Isroil shimoliga 50 ga yaqin raketa uchirilishi qayd etilgan, ularning bir qanchasi tutib olindi, qolganlari aholi yashamaydigan hududlarda portlagan”, deyiladi bayonotda.

Bunga javoban Isroil artilleriyasi va zirhli bo‘linmalari otishma punktlarini yo‘q qilgan. Shuningdek, qurol omborlari joylashgan Livan hududiga zarbalar berilgan.

Eslatib o‘tamiz, joriy yil boshlarida ham Isroil armiyasining Livan bilan chegaradosh hududlardagi pozitsiyalari “Hizbulloh” qurolli qanoti bo‘linmalari tomonidan kuchli o‘qqa tutilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Livan Hizbulloh mudofaa kuchlari

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing