“Hizbulloh” Isroil shimoliga hujum uyushtirdi (video)

Olam

image

Kecha, 3 iyun kuni yarim tunda Livandan uchirilgan raketa va uchuvchisiz dronlarning hujumlari oqibatida Isroil shimolida yong‘inlar boshlandi. Bu haqda Isroil mudofaa kuchlari xabar berdi.

Mamlakat o‘t o‘chirish va qutqaruv xizmati Kiryat-Shmona shahri va Kfar-Giladi kibbutsida bir necha uy yonib ketganini ma’lum qildi. Bundan tashqari, Livan bilan chegaradosh Jalila hududi ham hujumga uchragan. 

Yong‘inni o‘chirishga jami 30 dan ortiq o‘t o‘chirish brigadalari jalb qilingan. 6 nafar zaxiradagi askar yong‘inni o‘chirish vaqtida jarohatlangan. Ularga is gazidan zaharlanish tashxisi qo‘yilgan. Jabrlanganlarning barchasi tibbiy yordam ko‘rsatish uchun shifoxonaga yetkazilgan.

“Hozirda Isroil Logistika qo‘mondonligining yong‘in o‘chirish bataloni voqea joyida bo‘lib, o‘t o‘chiruvchilar va qutqaruvchilarga yordam bermoqda. Biz yong‘inlarni nazorat ostiga olishga muvaffaq bo‘ldik va hozirgi bosqichda odamlar hayotiga hech qanday xavf yo‘q”, deya bayonot berdi Isroil armiyasi matbuot xizmati.

Eslatib o‘tamiz,13 may kuni ham "Hizbulloh" harakatining Livan janubidan tankka qarshi raketalar orqali Isroilga bergan zarbasi oqibatida 4 nafar askar jarohat olgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Isroil Livan Hizbulloh

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing