Hisor davlat qo‘riqxonasida qor qoploni o‘ldirildimi?

3-sahifa

image

Ijtimoiy tarmoqlarda Qashqadaryo viloyati, Hisor davlat qo‘riqxonasida noyob turdagi qor qoploni otib o‘ldirilgani haqida xabar tarqaldi. Ushbu holat Tabiat resurslari vazirligi mas’ullari tomonidan o‘rganildi.

O‘rganish ishlari davomida ijtimoiy tarmoqlarda tarqatilgan xabar haqiqatga to‘g‘ri kelmasligi, Hisor davlat qo‘riqxonasida hech qanday qor qoploni ovlanmagani yoki otib o‘ldirilmagani ma’lum bo‘lgan.

Ma’lumot uchun, Qor qoploni (panthera unica) “Hisor” davlat qo‘riqxonasi tabiiy majmualarida kam tarqalgan tur hisoblanadi. Hozirgi kunda u Xalqaro tabiatni muhofaza qilish ittifoqining Qizil ro‘yxati va O‘zbekiston Respublikasining Qizil kitobiga, shuningdek, Yo‘q bo‘lib ketish xavfi ostidagi yovvoyi fauna va flora turlari bilan xalqaro savdo qilish to‘g‘risidagi Konvensiya (CITES)ning 1-ilovasiga (yo‘q bo‘lib ketish xavfi juda yuqori) kiritilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Qashqadaryo qo'riqxona

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing