Hisoblagichlarni qiyoslash davriyligi belgilandi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Yuridik va jismoniy shaxslarning elektr energiyasi, tabiiy gaz, ichimlik va issiq suvni hisobga olish uskunalarini (hisoblagichlarni) yechish, qiyoslashdan o‘tkazish va o‘rnatish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamentlarini tasdiqlash to‘g‘risida” qarori qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligining "Huquqiy axborot" kanalida xabar berildi.

Qaror bilan elektr energiyasi, tabiiy gaz, ichimlik va issiq suvni hisobga olish uskunalarini qiyoslashdan o‘tkazish bo‘yicha ma’muriy reglamentlar tasdiqlandi.

2019 yil 1 noyabrdan boshlab hisobga olish uskunalarini qiyoslovdan o‘tkazish bo‘yicha davlat xizmatlari faqat Davlat xizmatlari markazlari yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali amalga oshiriladi.

Hisobga olish uskunalarini qiyoslash davriyligi:

•    yuridik shaxslar uchun – 4 yil;

•    jismoniy shaxslar uchun – 8 yilni tashkil etadi.


Maqola muallifi

Teglar

qaror hisoblagich

Baholaganlar

76

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing