Yerosti suvlaridan hisoblagichsiz foydalanganda soliq to‘lovi 5 barobar oshiriladi
Jamiyat
−
01 may 24008 1 daqiqa
O‘zbekistonda yerosti suvlaridan hisoblagichsiz foydalanganda soliq to‘lovi 5 barobar oshiriladi. Bu haqda kecha, 30 aprel kuni Oliy Majlis Senatining navbatdagi yalpi majlisida ma’qullangan “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida”gi qonunda so‘z boradi.
Qayd etilishicha, yerosti suvlarini yerlarni sug‘orish va boshqa maqsadlar uchun olish keskin o‘sgani, shuningdek, quduqlarni ruxsatsiz burg‘ilash va suvlardan nazoratsiz, hisobga olmasdan foydalanish hollari davom etayotgani sababli yerosti suv resurslarini muhofaza qilish choralarini kuchaytirish zarurati paydo bo‘lgan.
Shu sababli “Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari to‘g‘risida”gi qonunga yerosti suvlariga quduqni burg‘ilash uchun ruxsatnoma berish o‘rniga yerosti suvlariga quduqlarni burg‘ilash faoliyatiga ruxsatnoma berish tartibini joriy etish belgilanmoqda. Jumladan, Soliq kodeksiga yerosti suvlaridan foydalanuvchilar tomonidan suvni hisobga olish vositalarisiz suv olinganida soliq to‘lovini belgilangan stavkaning besh barobar miqdorida undirish nazarda tutilmoqda.
Live
Barchasi