Hindistonliklar dunyodagi eng katta haykalni internetda sotmoqchi bo‘ldi

Olam

image

Hususiy reklama veb-saytida Hindistonning Gujarat shtatida qad rostlagan dunyodagi eng katta haykal - "Birlik haykali" sotilishi haqida e’lon qo‘yildi. Ushbu e’londan so‘ng mamlakat politsiyasi haykalning sotilishi haqidagi xabarni joylashtirgan odamlarga nisbatan tergov ochdi.

"Tezkor! "Birlik haykali" sotiladi. Chunki shifoxonalar va tibbiy jihozlarga zudlik bilan pul kerak", deyiladi saytdagi e’londa.

Ushbu e’lon mualliflari haykal narxini 3 milliard hind rupisi (39,5 million dollar) deb belgilab qo‘yishgan. Ammo keyinchalik sayt ma’muriyati shov-shuvli e’lonni o‘chirib tashladi.

Haykal va uning atrofidagi majmua uchun mas’ul bo‘lgan agentlik rahbari Nilesh Dubey vaziyatga izoh berib o‘tdi. U veb-sayt ma’muriyatini e’tiborsizlikda aybladi. 

"E’lonni saytga joylashtirishda e’tiborsizlik qilingan. Bu ishga bo‘lgan mas’uliyatsizlik hisoblanadi", deydi Dubey.

Ta’kidlashicha, "mish-mishlarni nashr etish va tarqatish, shuningdek, soxtalashtirish" ayblovlar bo‘yicha tergov ishi qo‘zg‘atilgan. E’lon mualliflari qidirilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Hindiston Firibgarlik

Baholaganlar

220

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing