Hindistondagi saylovlarda Modining partiyasi g‘alaba qozondi

Olam

image

Hindistondagi umumiy saylovlarda ko‘pchilik ovozlar hisoblab chiqilgach, Bosh vazir Narendra Modi boshchiligidagi partiyalar ittifoqi parlamentda hukumatni shakllantirish uchun yetarlicha o‘rinni egalladi. Bu haqda BBC xabar berdi.

Saylov komissiyasining ma’lum qilishicha, Modi boshchiligidagi “Bharatiya Janata” partiyasi yetakchiligidagi hukmron alyans Hindiston parlamentidagi 543 o‘rindan 286 tasini qo‘lga kiritgan.

Biroq, partiyaning o‘zi 240 ta tasdiqlangan mandatga ega bo‘lib, mutlaq parlament ko‘pchiligini yo‘qotdi. Shu bilan birga, Modi partiya oldiga parlamentdagi 400 o‘rinni qo‘lga kiritish vazifasini qo‘ygandi.

Hindiston Milliy Kongressi partiyasi yetakchiligidagi INDIA muxolifat alyansi 193-o‘rinni qo‘lga kiritgan, bu esa kutilgan natijalardan ancha yuqori deb baholangan.

INDIA muxolifat yetakchisi Rahul Gandiga ko‘ra, Bosh vazir o‘zining eng ulug‘vor rejalaridan, jumladan, konstitutsiyani o‘zgartirish bilan bog‘liq rejalaridan voz kechishiga to‘g‘ri keladi.

Gandilar sulolasi partiyasi bo‘lgan Hindiston Milliy Kongressi 2014 yilga qadar mamlakatni boshqargan va u ilk bor millatchi “Bharatiya Janata” partiyasidan mag‘lub bo‘lgan. Bu saylovlarda u alohida-alohida 99 mandat olgan.

Rahul Gandining o‘zi bosh vazir Rajiv Gandining o‘g‘li, bosh vazir Indira Gandining nabirasi, Hindistonning birinchi bosh vaziri Javoharlal Neruning nevarasi, lekin Mahatma Gandining avlodi emas. U nomzodi ko‘rsatilgan ikkala saylov okrugida ham g‘alaba qozongan. Lekin u parlamentda qaysi okrugdan vakillik qilmoqchi ekanligini hali tasdiqlamagan.

Narendra Modi saylovlardagi o‘z g‘alabasini nishonlar ekan, yangi hukumatni shakllantirishga tayyor ekanini, shuningdek, u ba’zi hududlarda, jumladan Dehlida ham o‘z partiyasi tarafdorlari soni ikki baravar ko‘payganini ta’kidlab, korrupsiyani ildizi bilan yo‘q qilish uchun hamma narsani qilishga va’da berdi va mudofaa sohasi, yoshlar va fermerlarni qo‘llab-quvvatlash niyatida ekaniga ishontirdi.

Ma’lumot uchun, sayyoradagi eng yirik saylovlar olti hafta davomida bo‘lib o‘tgan, unda deyarli 1 milliard odam ovoz berish huquqiga ega edi. Natijada mamlakat bo‘ylab 640 milliondan ortiq saylovchi ovoz bergan. Shu bilan birga, milliy saylovlar haddan tashqari issiqlik davriga to‘g‘ri kelib, bir qancha shaharlarda havo harorati 45 darajadan oshgan va o‘nlab odamlar jaziramadan halok bo‘lgan.

 


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Hindiston Modi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing