Hindistondagi kimyoviy zavoddan gaz sizib chiqdi. Qurbonlar soni ortmoqda
Olam
−
07 may 2020
7657Hindistonning janubi-sharqidagi Vishakxapatnam shahri yaqinidagi kimyoviy zavodda zaharli gazning sizib chiqishi oqibatida 8 nafar odam halok bo‘ldi. Avvalroq ular soni 5 nafarni tashkil etayotgan edi. Ular orasida ikki nafar ayol va bir nafar bola bor. Bu haqda “Hindustan Times” gazetasi ma’lum qilgan.
Gazeta, shuningdek, mingdan ortiq odam o‘zini yomon his qilayotganini xabar qilmoqda. Tabiiy ofatlarga qarshi kurash milliy kuchlari odamlarni gazdan ta’sirlangan hududlardan evakuatsiya qilish bilan shug‘ullanmoqda. 200 dan ortiq odam shahar kasalxonalariga yetkazilgan.
Voqea joyida o‘t o‘chiruvchilar va tez yordam mashinalari ishlamoqda. Shahar hokimiyati kimyo zavodiga tutash tumanlar aholisiga uydan chiqmaslikka chaqirdi. Hodisa sabablari hozircha ma’lum qilinmagan.
“Hindustan Times” gazetasidagi manbalarga ko‘ra, gazning sizib chiqishi 20 ga yaqin qo‘shni tuman va qishloqlarga ta’sir qilgan. Chorvalarning nobud bo‘lishi holatlari kuzatilgan. Ma’lumotlarga ko‘ra, gaz sizib chiqqan korxona polistirol va maishiy plastmassa ishlab chiqarish bilan shug‘ullanadi.
LiveBarchasi