Hindistondagi aviahalokat qurbonlari soni ko‘paydi

Jamiyat

image

Avvalroq, Hindistonning Kerala shtatida yo‘lovchi samolyoti qo‘nish vaqtida sirg‘alib ketib, halokatga uchragani va bo‘linib ketgani haqida xabar bergan edik.

So‘nggi ma’lumotlarga qaraganda “Air India Express” aviakompaniyasining Boeing 737 samolyoti halokatga uchrashi natijasida halok bo‘lganlar 20 nafarga yetdi. Bu haqda “Hindustan Times” nashri xabar berdi.

Qurbonlar orasida bort komandiri va uchuvchi ham bor. Hodisada 140 nafardan ortiq odam jabrlangan. Ularning 22 nafari og‘ir ahvolda.

Hindiston fuqaro aviatsiyasi vaziri Xardip Singx Puri hodisa qanday bo‘lganini aytib berdi.

“Dubaydan Kojikodega kelayotgan AXB-1344 sonli reys yomg‘irli ob-havoda uchish-qo‘nish yo‘lagidan chiqib ketib, 11 metr balandlikdan tushib ketgan va ikkiga bo‘lingan”, dedi u Twitter sahifasida.

Ma’lumot uchun samolyotda dastlab aytilganidek, 191 emas, 190 nafar odam bo‘lgan. Jumladan 174 nafar yoshi katta yo‘lovchilar, 10 nafar bolalar, ikkita uchuvchi, to‘rt nafar ekipaj a’zosi. Samolyot BAAda qolib ketgan hindistonliklarni ortga qaytarayotgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Hindiston aviahalokat

Baholaganlar

161

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing