Hindistonda yashin urishi oqibatida 20 kishi halok bo‘ldi
Olam
−
27 iyul 2022
7078Hindistonning Bihar shtatida bir sutka davomida yashin urishi oqibatida 20 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda “Daily Mail” xabar berdi.
Qayd etilishicha, haddan tashqari jazirama sabab ko‘pchilikning ko‘chaga chiqib salqinlashi oqibatida yashin urishi qurbonlari soni ko‘paymoqda.
Shtat vaziri Nitish Kumar mintaqadagi aholini xavfsizlik choralariga rioya qilishga chaqirgan. Shuningdek, u tabiiy ofat qurbonlarining oilalariga 400 ming rupiy (5000 dollar) miqdorida kompensatsiya to‘lanishini e’lon qildi.
Nashrning yozishicha, har yili minglab hindistonliklar momaqaldiroq qurboniga aylanadi. 2019 yilda yashin urishi oqibatida 3000 ga yaqin odam halok bo‘lgan. 2021 yilda Hindistonning Uttar-Pradesh, Madxya-Pradesh va Rajastxan shtatlarida bir kunda yashin 70 kishining hayotiga zomin bo‘lgan.
Avvalroq, Pokistonda o‘tgan bir necha kun davomida kuchli suv toshqinlari sababli 300 dan ortiq odam halok bo‘lgani, yuzlab odamlar jabrlangani haqida xabar bergan edik.
LiveBarchasi