Hindistonda voyaga yetmagan qizlarga uylangan 2 mingdan ortiq erkak hibsga olindi
Olam
−
05 fevral 2023
24002Hindistonning shimoli-sharqidagi Assam shtatida politsiya xodimlari noqonuniy yosh nikohlariga qarshi kurash doirasida uyushtirilgan reydda 2169 erkakni hibsga oldi. Bu haqda NDTV telekanaliga tayanib, “Kommersant” xabar berdi.
Mahalliy politsiya boshlig‘i Gyanendra Pratap Singxning so‘zlariga ko‘ra, erkaklar politsiya tomonidan ro‘yxatga olingan 4074 ta holat asosida hibsga olingan. Biroq, xabardan ma’lum bo‘lishicha, qo‘llarida yosh bolalari bor ayollar erlarining hibsga olinishiga qarshi chiqishgan.
“Biz birga yashadik va qandaydir yo‘l bilan kun kechirgan bo‘lsakda, biz baxtli edik. Erim hibsga olingandan keyin bizni kim ro‘zg‘or bilan ta’minlaydi?” deydi shunday norozilik bildirgan ayollardan biri.
Ma’lumot uchun, 1978 yilda Hindiston qonunchiligiga erkaklar 21 yoshda, ayollar esa 18 yoshda turmush qurishga ruxsat beruvchi o‘zgartirish kiritildi. Ushbu cheklovlar bugungi kunda ham amalda. Biroq, Hindistonda daromadlarning pastligi sababli, 18 yoshgacha bo‘lgan qizlar bilan turmush qurish asosan qishloq aholisi orasida keng tarqalgan.
2021 yil dekabr oyida Hindiston parlamentiga ko‘rib chiqish uchun erkaklar va ayollar uchun nikohning eng kam yoshini 21 yoshga tenglashtirish rejalashtirilgan qonun loyihasi taqdim etildi. Biroq, hujjat hali yakuniy tasdiqni olmagan.
LiveBarchasi