Hindistonda o‘zini videoga olmoqchi bo‘lgan ayol qizining ko‘z o‘ngida cho‘kib ketdi (video)
Olam
−
17 aprel 16034 1 daqiqa
Hindistonning Uttarakxand shtatining Uttarkashi shahridan oqib o‘tuvchi Bxagiratxi daryosi qirg‘oqlariga borgan ayol o‘zini videoga olayotgan vaqtida cho‘kib ketdi. Bu haqda “Mint” xabar berdi.
Voqea joriy yilning 14 aprel kuni sodir bo‘lgan. Nepallik 35 yoshli sayyoh qizi bilan daryo bo‘yida suratga tushish uchun borgan. Ayol daryo fonida o‘zini chiroyli videoga olishni xohlab, telefonini yosh qiziga tutqazib, o‘zi suvga tushgan. Ehtiyotsizlik oqibatida u daryoning chuqur joyiga toyib ketdi va suvga g‘arq bo‘ldi. Hodisa hammasini suratga olib turgan kichik qizchasining ko‘z o‘ngida sodir bo‘lgan.
O‘sha yerda bo‘lganlar zudlik bilan hukumatga xabar bergan. Tezkor qidiruv-qutqaruv operatsiyasi boshlangan, biroq so‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, ayolning jasadi topilmagan.
Uttarkashida qidiruv davom etar ekan, rasmiylar jamoatchilikni xavfsizlik qoidalariga rioya qilishga chaqirgan.
Eslatib o‘tamiz, 2024 yilning sentyabr oyida Sharqiy Hindistonning Bihar shtatida bolalar farovonligi uchun o‘tkazilgan uch kunlik festival davomida kamida 46 kishi daryoga cho‘kib ketib, halok bo‘lgandi. Vafot etganlarning 37 nafari bolalar va 7 nafari ayollar edi.
Live
Barchasi