Hindistonda o‘zbekistonlik ayol kaltaklanib, zo‘rlandi
Olam
−
13 avgust 2019 16721 1 daqiqa
Hindistonning Dehli shahrida O‘zbekiston fuqarosi bo‘lgan ayol uch erkak tomonidan kaltaklanib, zo‘rlandi. Voqea joriy yilning 10 avgust kuni Dehlining janubi-g‘arbidagi Vasant Kunj tumanida yuz bergan.
Hindistonga ikki oy avval kelgan va do‘stlari bilan Madagirida yashagan ayol o‘z shikoyatida ayblanuvchilardan biri uning tanishi ekani, ular yetti oy avval tanishgani va u Gurgaonda yashashini aytgan.
“Uning do‘sti ayolni shanba kuni Vasant Kunjdagi savdo markazida uchrashishga chaqirgan. U ayolni Vasant Kunjdan olib, do‘stlari ham bo‘lgan mashinasida Gurgaonga olib borgan. Ayol unga tashlana boshlaganini aytdi va u qarshilik ko‘rsatganda navbati bilan uni zo‘rlashgan”, dedi politsiya xodimi.
Ayolni uning kvartirasi oldida tashlab ketishgan. Ayol boshidan kechganlarini do‘stlariga so‘zlab bergach, ular uni AIIMS` ga olib borgan. Keyin shifoxona xodimlari politsiyaga xabar bergan.
Uning shikoyatiga asosan politsiya jinoyat ishi ochilib, tergov harakatlari boshlanganini ma’lum qilgan. Ayol tibbiy tekshiruvdan o‘tkazilgan.
Live
BarchasiIspaniya migrantlarni Seutani tark etishga majbur qilish uchun ularni suv va o‘tsiz qoldirmoqda
17:40
Toshkentdagi o‘pirilib tushgan yo‘l o‘tkazgich qurilishida 7,4 mlrd so‘m yeb yuborilgani ayon bo‘ldi
17:28