Hindistonda o‘tkir kasallik tarqalmoqda. TIV o‘zbekistonliklarni ogohlantirdi
Jamiyat
−
17 iyun 2019
6659O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Hindistondagi o‘zbekistonliklarga nisbatan muhim ogohlantirish bilan chiqdi.
O‘zbekistonning Dehli shahridagi elchixonasi ma’lumotlariga ko‘ra, Hindistonning Bihar shtati aholisi zich joylashgan hududlarida o‘tkir ensefalit sindromi (Acute Encephalitis Syndrome) tarqalmoqda. Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, qurbonlar soni 80 kishidan ortiq bo‘lib, ular asosan bolalardan iborat. Mahalliy hokimiyat organlari kasallik tarqalishini bartaraf etish bo‘yicha choralar ko‘rmoqda.
“Shu munosabat bilan, Hindistondagi O‘zbekiston fuqarolariga imkon qadar mazkur mintaqaga tashrif buyurmaslik va ehtiyot choralarini ko‘rish tavsiya etiladi”, TIVning rasmiy ogohlantirishida.
Konsullik-huquqiy departamenti Hindistondagi O‘zbekiston fuqarolari zarur holatlarda O‘zbekistonning Dehli shahridagi elchixonasiga murojaat qilishlari mumkinligi eslatadi: (9111) 24670774, 24670775, 24105640.
LiveBarchasi