Hindistonning Chxattisgarx shtatida tug‘ilgan egizaklar dunyoda paydo bo‘lgan pandemiyani eslatuvchi g‘ayrioddiy ismlar oldi. Bu haqda kecha, 3 aprel kuni “Hindustantime” nashri yozmoqda.
Egizaklarning o‘g‘il bolasiga Kovid, qiz bolasiga esa Korona deb ism qo‘yildi. Ularning ota-onasi shunday qarorga kelishdi, deydi hamshiralar. Garchi “koronavirus” so‘zi butun dunyoda salbiy baholanayotgan bo‘lsa-da, egizaklarning onasi boshqa fikrda.
“Virusning ijobiy tomonlari ham bor: u shaxsiy gigiyenaga e’tibor berishga, tozalikka rioya etishga, yaxshi odatlarni shakllantirishga undaydi”, deydi 27 yashar Priti Verma.
So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Hindistonda koronavirusga 2 567 nafar odam chalindi. 192 bemor shifo topgan bo‘lsa, 2 303 kishi vafot etdi.