Hindistonda toshqin va chaqmoq urishi oqibatida qariyb 100 kishi halok bo‘ldi

Olam

image

Joriy yilning 10 aprel kuni Hindistonning ayrim hududlariga yoqqan kuchli yomg‘ir va chaqmoq urishi oqibatida qariyb 100 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda “Press Trust of India” xabar berdi.

Nashrning yozishicha, Hindiston sharqida joylashgan Bixar shtatida ob-havo noqulayligi tufayli kamida 64 kishi halok bo‘lgan. Faqat chaqmoq urishi oqibatida ushbu shtatda kamida 25 kishi vafot etgan.

“Nalandada 18 ta o‘lim holati qayd etilgan, undan keyin Sivan shahrida 2 ta, Katixar, Darbhanga, Begusaray, Bhagulpur va Jexanabadda esa bittadan holat aniqlangan”, deyiladi xabarda.

Hindistonning aholi eng zich yashaydigan Uttar-Pradesh shtatida ham yomon ob-havo oqibatida 20 dan ortiq kishi halok bo‘lgan. 

Ularning aksariyati chaqmoq urishi tufayli vafot etgan. Ushbu mintaqada yaqin kunlarda ham kuchli yomg‘ir va momaqaldiroqlar davom etishi kutilmoqda.

Mutaxassislarning fikricha, iqlim o‘zgarishi Hindistonda o‘limga olib keluvchi chaqmoqlar sonining ortishiga sabab bo‘lgan. Dunyodagi eng ko‘p aholiga ega bu mamlakatda har yili chaqmoq urishi oqibatida deyarli 1 900 kishi hayotdan ko‘z yumadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSHning markaziy shtatlarida sodir bo‘lgan suv toshqinlari oqibatida 16 kishi halok bo‘lgan edi. Kuchli yomg‘ir yog‘ishi oqibatida Ogayo daryosining sathi 24 soat ichida 1,5 metrga ko‘tarilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Hindiston toshqin chaqmoq kuchli yomg'ir

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing