Hindistonda sayyohlik avtobusi yonib ketishi oqibatida 25 kishi halok bo‘ldi

Olam

image

Hindiston g‘arbida sayyohlik avtobusi ag‘darilib, yonib ketdi. Oqibatda 25 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda “Press Trust of India” xabar berdi.

Ushbu voqea mamlakatning Buldhana (Maharashtra) shahrida sodir bo‘lgan. Avtobusda jami 33 kishi bo‘lgan. 

Aniqlanishicha, baxtsiz hodisa 1 iyulga o‘tar kechasi yuz bergan. Omon qolgan sakkiz nafar shaxs shifoxonaga yotqizilgan.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, avtobus shinasi chiqib ketganidan keyin haydovchi boshqaruvni yo‘qotgan.

Politsiyaning qayd etishicha, Hindistonda har yili avtohalokatlarda 110 mingdan ortiq odam halok bo‘ladi.


Maqola muallifi

Teglar

Hindiston avtobus qurbonlar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing