Hindistonda noma’lum kasallikka chalinganlar soni 500 dan oshdi

Olam

image

So‘nggi uch kun ichida Hindiston janubidagi Andxra-Pradesh shtatidagi Eluru shahrida noma’lum kasallik tufayli shifoxonaga joylashtirilganlar soni 500 nafardan oshdi. 

Shahar shifoxonasining Bosh shifokori Mohanning ma’lum qilishicha, bugun, 8 dekabr holatiga 140 ga yaqin bemor shifoxonalarda qolmoqda.

“Dushanba kuni kechgacha shifoxonaga jami 476 kishi yotqizildi. Ularning 332 nafariga shu kunning o‘zidayoq javob berildi. 125 bemor shifoxonamizda davolanmoqda, yana 18 nafari Vijayavada va Gunturdagi shifoxonalarga yotqizilgan", deya Mohananing so‘zlarini keltirgan “Times of India” gazetasi. 

Ma’lumotlarga ko‘ra, Sog‘liqni saqlash vazirligi Virusolog bilan birga uchta mutaxassisdan iborat guruhni Nyu-Dehlidan Eluruga yuborgan. Bundan tashqari, Tibbiy tadqiqotlar instituti, Milliy ovqatlanish instituti, Hindistondagi Butunjahon sog‘liqni saqlash tashkiloti o‘zlarining ekspert guruhlarini va ikki mutaxassisdan iborat guruhni ham Eluruga jo‘natishdi.

Barcha bemorlarda qusish, bosh og‘rig‘i va bel og‘rig‘i alomatlari namoyon bo‘lmoqda. Janubiy Hindistonning “The News Minute” nashri yozishicha, olimlar bezgak va Denge isitmasini  tashuvchi chivinlarga qarshi ishlatiladigan xlorik organik moddalar kasallikning sababi bo‘lishi mumkin, deb taxmin qilmoqda. Ammo, shifokorlarning fikriga ko‘ra, bemorlarning qon tahlillari natijalarini olish uchun ko‘proq vaqt talab etiladi.


Maqola muallifi

Teglar

Hindiston kasallik

Baholaganlar

454

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing