Hindistonda maktab o‘quvchisi qurbonlik uchun o‘ldirildi
Olam
−
03 Oktabr
25141Hindistonning Uttar-Pradesh shtatida joylashgan maktabda dahshatli voqea sodir bo‘ldi. Maktab egasi va bir necha xodimlar 11 yoshli o‘quvchini qurbonlik sifatida o‘ldirdi. Bu haqda “Order of India” nashri xabar berdi.
Nashrning yozishicha, bu dahshatli qurbonlik rivojlanish va boylikni orttirish maqsadida sodir etilgan. Politsiya ma’lumotiga ko‘ra, maktab egasi Jasodhan Singh “tantarik” (sehrgarlik) marosimlariga ishongan va o‘z o‘g‘liga bolasini qurbon qilishni buyurgan. Shundan so‘ng, ular maktab xodimlari bilan bolani maktab yotoqxonasidan olib qochishgan va kimsasiz joyda qurbonlik marosimini o‘tkazishga uringan, ammo bola uyg‘onib yig‘lagan. Shunga qaramay, ayblanuvchilar bolani bo‘g‘ib o‘ldirgan.
Bolaning ota-onasi politsiyaga o‘g‘lining kasal ekanligi va uni shifoxonaga olib borishi haqida xabar bergan. Aslida esa ular politsiyaga farzandi vafot etgandan so‘ng xabar bergani ma’lum bo‘lgan.
Ushbu voqea bo‘yicha besh kishi qo‘lga olingan — maktab egasi, direktor va uchta xodim. Ularga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.
LiveBarchasi