Hindistonda ko‘prik qulashi oqibatida 17 kishi halok bo‘ldi (video)

Olam

image

Hindistonning Mizoram shtati Aijal shahri yaqinida qurilayotgan ko‘prikning qulashi oqibatida 17 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda mahalliy hokimiyat organlari xabar berdi.

“Kamida 17 ishchi halok bo‘ldi. Qutqaruv ishlari davom etmoqda”, deydi shtat bosh vaziri.

Ko‘prik qulaganda u yerda 35-40 nafar qurilish ishchisi bo‘lgan.

Politsiya ma’lumotlariga ko‘ra, qurbonlar soni ko‘proq bo‘lishi mumkin, chunki vayronalar ostidan hali hamma jasadlar topilmagan.

Hodisa sabablari haqida ma’lumotlar yo‘q. Mamlakat Bosh vaziri Narendra Modining idorasi halok bo‘lganlarning qarindoshlariga 200 ming rupiy (taxminan 29 million so‘m) va jabrlanganlarga 50 ming rupiy (6 million so‘m) to‘lashga va’da bergan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Hindistonning Maxarashtra shtatida qurilish kranining qulashi oqibatida ham 17 kishi halok bo‘lgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Hindiston ko'prik

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing