Hindistonda ko‘chki oqibatida 26 kishi halok bo‘ldi
Olam
−
23 iyul 2023
3406Hindistonning Maxarashtra shtatida ko‘chki sodir bo‘lib, 26 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda “Reuters” xabar berdi.
Qayd etilishicha, holat 21 iyul kuni sodir bo‘lganiga qaramay, o‘ndan ortiq odam hali ham loy qatlami ostida qolmoqda. Rasmiylar qidiruv-qutqaruv ishlarini davom ettirmoqda.
Ko‘chki qurbonlari kamida 225 kishi istiqomat qiladigan tog‘li qishloq aholisidir. Qurbonlar soni hozircha 26 kishini tashkil etmoqda, yana 80 kishi bedarak yo‘qolgan.
Hindiston milliy javob kuchlari vakilining ma’lum qilishicha, qutqaruvchilar ishiga tinimsiz yog‘ayotgan yomg‘ir to‘sqinlik qilmoqda.
Ko‘chki oqibatida 16-17 ga yaqin uy ham zarar ko‘rgan. Ko‘p sonli odamlar boshqa joyga ko‘chirilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Hindiston shimolida suv toshqinlari oqibatida 22 dan ortiq kishi halok bo‘lgandi.
LiveBarchasi