Hindistonda kran qulashi oqibatida 17 kishi halok bo‘ldi (video)

Olam

image

Hindistonning Maxarashtra shtatida qurilish kranining qulashi oqibatida 17 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda “Hindustan Times” xabar berdi

Qayd etilishicha, hodisa bugun, 1 avgustga o‘tar kechasi Txane okrugida, Mumbaydan 80 kilometr uzoqlikdagi avtomagistralning qurilish maydonchasida sodir bo‘lgan. Qurilish krani yo‘l o‘tkazgichning ustiga qulagan va natijada beton konstruksiyaning bir qismi buzilib ketgan. Hozircha hodisa sabablari aniqlanmagan. 

Baxtsiz hodisa oqibatida kamida 17 kishi halok bo‘lgan, 3 kishi jarohatlangan. Shuningdek, yana besh kishi vayronalar ostida qolib ketgan bo‘lishi mumkinligi aytilmoqda. Qurbonlarning bari yo‘l o‘tkazgich qurilishida ishlayotgan ishchilar hisoblanadi. 

Hindiston Bosh vaziri Narendra Modi halok bo‘lganlar va jarohatlanganlarning oila a’zolariga hamdardlik bildirib, ularga bir martalik moddiy yordam berilishini ma’lum qildi. 

“Maxarashtra shtatining Shahapur shahridagi fojiali baxtsiz hodisadan azob chekdim. Halok bo‘lganlarning oila a’zolariga chuqur hamdardlik bildiraman. Bizning o‘ylarimiz va ibodatlarimiz jarohatlanganlar bilandir. Tabiiy ofatlarga qarshi kurashish kuchlari va mahalliy ma’muriyat baxtsiz hodisa joyida ishlamoqda hamda jabrlanganlarga tegishli yordam ko‘rsatish uchun barcha mumkin bo‘lgan choralar ko‘rilmoqda ", deydi Modi.

U, shuningdek, Hindiston Bosh vazirining milliy yordam jamg‘armasi hisobidan halok bo‘lganlarning oilalariga 2 lakh rupiydan (2430 AQSH dollari), jarohatlanganlarning har biriga esa 50 ming rupiy (607 dollar) berilishini bildirgan. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkentda kran qulashi oqibatida mashinist halok bo‘lgan edi. 2021 yilda esa Kanadada bir necha kishi kran qulashining qurboniga aylangan.


Maqola muallifi

Teglar

Hindiston kran qulashi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing