Toshkentda kran qulashi oqibatida mashinist halok bo‘ldi (video)

Jamiyat

image

Toshkent viloyatida avtokran ag‘darilib ketishi oqibatida mashinist halok bo‘lgani haqida xabar tarqaldi. Holat yuzasidan “O‘zbekiston temir yo‘llari”AJ munosabat bildirdi.

Qayd etilishicha, Parkent tumani Zarkent qishlog‘ida avtokran bilan yuz bergan baxtsiz hodisaning asosiy omillaridan biri yukni bir nechta kranlar bilan ko‘tarish (sparennaya peremeenniye gruza) asosida amalga oshirilmaganligi sababli ro‘y bergan.

Avtokranining og‘ib ketishi oqibatida avtokran mashinisti tan jarohatlar olganligi sababli “13 Ko‘prikqurilish otryadi” xodimlari tomonidan zudlik bilan Parkent tumani shifoxonasiga yotqizilgan. Og‘ir jarohatlar sababli mashinisti shifoxonada vafot etgan.

“13 Ko‘prikqurilish otryadi” “QYL-YO‘L KO‘PRIK QURILISH TA’MIR” MCHJ bilan shartnoma imzolagan. Ushbu hujjatda buyurtmachi tomonidan xizmat ko‘rsatuvchi xodimlarini kunlik tibbiyot ko‘rigidan o‘tkazishi va mehnat muhofazasi tadbirlarini o‘tkazish lozim bo‘lgan band alohida ko‘rsatib o‘tilgan. Buyurtmachi tomonidan shartnoma bandlariga rioya qilmaganligi, ya’ni muntazam ravishda xavfsizlik choralarini ko‘rmaganligi sababli ushbu baxtsiz hodisa ro‘y bergan”, deyiladi xabarda.

Ma’lum qilinishicha, sodir bo‘lgan baxtsiz hodisa Toshkent viloyati mehnat inspeksiyasi, mutaxassislari tomonidan maxsus tekshirish o‘tkaziladi va ularning xulosalari huquq targ‘ibot organlariga taqdim etiladi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing