Hindistonda koronavirusning yangi shtammidan ilk o‘lim qayd etildi

Olam

image

Hindistonning Madxya-Pradesh shtatida kamida olti kishida koronavirusning “delta plyus” shtammi aniqlandi, bemorlarning ikkitasi vafot etdi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligining Madxya-Pradeshdagi vakili Akash Tripati ma’lum qilgan, deb xabar bermoqda “New Indian Express” nashri.  

Unga ko‘ra, avval COVID-19 ga qarshi bir yoki ikki marta emlangan bemorlar ushbu shtammdan uy sharoitida asoratlarsiz tuzalgan. 

“Emlangan bemorlar ushbu variantga qarshilik ko‘rsata oladi. Emlash — bu bizning himoyamiz”, deya qo‘shimcha qilgan Tripati. 

Ta’kidlanishicha, vaksina olmagan fuqarolardan ikkitasi shifoxonaga yotqizilgandan keyin vafot etgan, yana ikki kishi, xususan, 22 yoshli qiz va kichkina qizaloq shifoxonaga yotqizilgandan so‘ng sog‘ayib ketgan. 

Qayd etilishicha, barcha holatlar bo‘yicha testlar joriy yilning may oyida genom sekvensiyasi uchun qaytarib yuborilgan, ammo yaqinda bu odamlar “delta plyus” shtammining bir variantini yuqtirgani ma’lum bo‘lgan. 

Avvalroq, JSST koronavirusning hindcha varianti — “delta” Xitoyning Uxan shahrida aniqlangan dastlabki shtammdan ikki baravar yuqumli ekanini ma’lum qilgandi.  

JSST ma’lumotlariga ko‘ra, koronavirusning “delta” varianti allaqachon dunyoning 92 mamlakatida aniqlangan. 

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda ham koronavirusning Hindistonda paydo bo‘lgan xavfli “hindcha” shtammi aniqlangani haqida xabar berilgandi. 


Maqola muallifi

Teglar

Hindiston koronavirus

Baholaganlar

155

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing