Hindistonda “qora mog‘or” infeksiyasiga chalinganlar soni 9 mingga yaqinlashdi 

Olam

image

Hindistonda “qora mog‘or” deb ataladigan mukormikoz infeksiyasining 8,8 mingdan ortiq holati aniqlandi. Bu haqda mamlakat Kimyo sanoati vaziri Sadananda Govda ma’lum qilgan.  

“Turli shtatlarda ko‘payib borayotgan mukormikoz holatlarini batafsil tahlil qilgandan so‘ng, barcha shtatlarga jami 23 680 flakon “Amfoteritsin-V” tarqatildi. Tarqatish bemorlarning umumiy soniga qarab amalga oshirildi, butun mamlakat bo‘ylab 8 848 kishi ushbu infeksiyaga chalingan”, degan Govda.

Uning so‘zlariga ko‘ra, kasallik soni eng ko‘p Gujarat shtatida aniqlangan — 2281 kishi. Bundan tashqari, Maharashtra, Andra-Pradesh va Telangana shtatlariga ham ushbu kasallik tarqalgan. 

Eslatib o‘tamiz, Hindistonning Gujarat, Rajastan va Telangana shtatlarida ushbu kasallik avj olgandi.    

Keyinroq, Rossiyada koronavirusga chalingan bemorlarda ham Hindistonda tarqalgan xavfli “qora mog‘or” infeksiyasi aniqlangani haqida xabar berilgandi.  

Shuningdek, Hindistonda “qora mog‘or” epidemiyasi fonida “oq mog‘or” infeksiyasi ham paydo bo‘lgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Hindiston mukormikoz

Baholaganlar

138

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing