Hindistonda “qora mog‘or”dan so‘ng “oq mog‘or” infeksiyasi paydo bo‘ldi
Olam
−
21 may 2021
8743Hindistonda “qora mog‘or” epidemiyasi fonida “oq mog‘or” infeksiyasi paydo bo‘ldi. Bu haqda “Times of India” xabar bermoqda.
Ta’kidlanishicha, Hindistonning sharqiy qismidagi Bihar shtatida oq qo‘ziqorin infeksiyasi bilan bog‘liq to‘rtta holat qayd etilgan. Shtatda hozirgi kunda COVID-19 epidemiyasi avjiga chiqqan.
Nashrning ta’kidlashicha, “oq mog‘or” infeksiyasi “qora mog‘or”dan ham xavfli bo‘lib, u organizmning umumiy faoliyatiga ta’sir qilishi mumkin.
Bundan tashqari, mutaxassislarning fikriga ko‘ra, oq qo‘ziqorin infeksiyasi homilador ayollar va bolalar uchun xavfli bo‘lishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, Hindistonning Gujarat, Rajastan va Telangana shtatlarida ushbu kasallik avj olgandi.
Keyinroq, Rossiyada koronavirusga chalingan bemorlarda ham Hindistonda tarqalgan xavfli “qora mog‘or” infeksiyasi aniqlangani haqida xabar berilgandi.
LiveBarchasi