Hindistonda qayiq ag‘darilishi oqibatida 20 dan ortiq kishi halok bo‘ldi

Olam

image

Hindiston janubidagi Kerala shtatida ikki qavatli sayyohlik qayig‘i ag‘darilib ketishi oqibatida kamida 21 kishi cho‘kib ketdi. Bu haqda “The Guardian” nashri mahalliy hokimiyatga tayanib xabar berdi.

Politsiya vakilining jurnalistlarga aytishicha, bortda 40 ga yaqin odam bo‘lgan. Qayiqning ag‘darilishiga haddan tashqari yuklarning ortilishi sabab bo‘lgan.

Omon qolganlarning mahalliy nashrlarga bildirishicha, yo‘lovchilarning ko‘pchiligi qutqaruv jiletlarini kiymagan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, qurbonlarning aksariyati bolalardir, chunki hozirda mamlakatdagi maktab o‘quvchilari ta’tilga chiqqan.

Ta’kidlanishicha, qayiq ag‘darilib, loyga botib qolgani sababli halok bo‘lganlar soni ortishi mumkin.


Maqola muallifi

Teglar

Hindiston qayiq

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing