Hindistonda ikkita qiruvchi samolyot halokatga uchradi (video)

Olam

image

Bugun, 28 yanvar kuni Hindiston harbiy-havo kuchlarining ikkita samolyoti halokatga uchradi. Bu haqda mahalliy NDTV telekanali armiyadagi o‘z manbalariga tayanib xabar berdi. 

Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, qiruvchi samolyotlardan biri – ikki nafar uchuvchisi bo‘lgan Rossiyada ishlab chiqarilgan Su-30, ikkinchisi – kabinasida bitta uchuvchi bo‘lgan Fransiyaning Mirage 2000 samolyoti bo‘lgan.

Qayd etilishicha, uchuvchilardan biri halok bo‘lgan. Bir samolyot Madxya-Pradesh shtatining Morena shahrida, ikkinchisi Rajastan shtatining Bxaratpur shahridan 100 km uzoqlikda qulagan.

Ma’lumot uchun, bu Hindiston harbiy-havo kuchlarida so‘nggi paytlarda sodir bo‘lgan birinchi aviahalokat emas. 2022 yil oktyabr oyida Xitoy bilan chegarada joylashgan Arunachal-Pradesh shtatida vertolyot qulashi oqibatida besh askar halok bo‘lgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

halokat Hindiston samolyot

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing