Hindistonda ichida 191 kishi bo‘lgan samolyot halokatga uchradi
Olam
−
07 avgust 2020
12091Bugun, 7 avgust kuni Hindistonning Kerala shtatidagi Kojikode aeroportida Air India aviakompaniyasining Boeing-737 yo‘lovchi samolyoti uchish-qo‘nish yo‘lagida sirg‘alib ketib, halokatga uchradi.
Havo kemasi bortida ekipaj a’zolari bilan birga 191 kishi bo‘lgan. Aeroport joylashgan rayonda kuchli yomg‘ir yog‘ayotgan bo‘lgan. Samolyot Dubaydan evakuatsion reysni amalga oshirayotgan bo‘lgan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, kamida 15 kishi halok bo‘lgan, jumladan, samolyot komandiri ham. Halokatli qo‘nish vaqtida 123 kishi jarohatlangan.
Hodisa joyiga shifokorlar va o‘t o‘chiruvchilar yetib kelgan. 4 kishi hamon bo‘linib ketgan samolyot ichida qolmoqda.
LiveBarchasi