Hindistonda feyerverk zavodi portladi. 20 ga yaqin odam halok bo‘ldi 

Olam

image

Kecha, 12 fevral kuni Hindistonning Virudunagar shahridagi (Tamil Nadu shtati) feyerverk ishlab chiqariladigan fabrikada portlash sodir bo‘ldi. Bu haqda "Times of India" ma’lum qilgan. 

Portlash natijasida kamida 16 kishi halok bo‘lgan, 36 kishi yaralangan va jarohat olgan. 

Gazetaning yozishicha, portlash kimyoviy materiallarni aralashtirish paytida yuz bergan. 

Yong‘in yaqin atrofdagi ish joylariga yoyilgan, natijada portlashlar uzoq vaqt davom etgan, shuningdek, qutqaruvchilarning ham voqea joyiga yaqinlashishi ancha qiyin bo‘lgan. 

Qayd etilishicha, voqea joyiga 10 ta o‘t o‘chirish brigadasi yetib borgan. Yaradorlar shifoxonaga yetkazilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Hindiston zavod

Baholaganlar

27

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing